Qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish masalasi muhokama qilindi
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tumanda qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona va samarali foydalanish hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari X.Matchonovning hisoboti tuman Kengashi huzuridagi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, yerlarning unumdorligini oshirish hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning hisoboti tinglanib, deputatlar tomonidan tegishli savol va takliflar bildirildi.
Muhokama yakunida mazkur masala bo‘yicha deputatlarning fikr va tavsiyalari shakllantirilib, masalani navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqish uchun tegishli tartibda tayyorlash belgilandi.