Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 1-Madaniyat saylov okrugi deputati Q. Rajabov, Toyloq tuman hokimligi Iqtisodiyot va moliya bo‘limi bosh mutaxassisi A. Ma’rupov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-sonli qarori ijrosi doirasida Madaniyat mahallasida joylashgan 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida barpo etilayotgan qo‘shimcha o‘quv binosida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
📌O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌Shuningdek, qo‘shimcha o‘quv binosini zamonaviy talablarga javob beradigan, sifatli ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga xizmat qiluvchi maskan sifatida foydalanishga topshirishni ta’minlash yuzasidan mas’ul quruvchi tashkilot vakillariga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
📌Mazkur loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.