OʻzLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati, 6-Sarxumdon saylov okrugi deputati Z.Kurganov “Gulobod” mahalla fuqarolar yigʻinida aholi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda deputat fuqarolar bilan ochiq muloqot olib bordi. Suhbat davomida:
hududni obodonlashtirish masalalari;
kommunal korxonalar tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatining holati muhokama qilindi.
Shuningdek, Z.Kurganov BSK faoliyatining hisobdorlik darajasi hamda aholiga koʻrsatilayotgan yordam choralari yuzasidan mahalla faollari bilan fikr almashdi.
Uchrashuv davomida mahalla hududida hashar tashkil etilib, deputat fuqarolar bilan birga obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida bevosita ishtirok etdi.
Fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida oʻrganish va ularning ijobiy yechimini taʼminlash deputatlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.