Ko‘rkam diyor mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati I.Qo‘chqorova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev tomonidan Ko‘rkam diyor mahallasi Bodomzor ko‘chasida ko‘cha boshisi va aholi vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqaro mahallada kanalizatsiya tizimini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdi. Xususan, kanalizatsiya quvurlarini yotqizish jarayonida yaqinda ta’mirlangan asfalt qoplamasi buzilayotganligi, shuningdek, kanalizatsiya quvuri ichimlik suvi quvuriga juda yaqin joylashtirilayotganligi ta’kidlandi. Fuqaroning fikricha, kelgusida mazkur quvurlardan birida nosozlik yuzaga keladigan bo‘lsa, bu ikkinchi tizimga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi va noxush holatlarga sabab bo‘lishi mumkin.