Mustaqillik mahallasida zamonaviy bog‘ barpo etish rejalashtirilmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati – tuman hokimi X.Suvonov tomonidan Mustaqillik mahallasida 3 gektardan ortiq bo‘sh yer maydonida aholi uchun madaniy-ko‘ngilochar bog‘ barpo etish masalasi yuzasidan mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida hududni obod qilish, aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun qulay va zamonaviy dam olish maskanini tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlarning taklif va fikrlari tinglandi.
Shuningdek, bog‘ hududini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish, aholi uchun zarur infratuzilma va zamonaviy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.