35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#24_ta_masala #okrugda_organish

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri mahallalar ichki ko‘cha yo‘llarining holatini o‘rganish hamda ushbu yo‘nalishda samarali deputatlik nazoratini amalga oshirishdan iborat.

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Xo‘jaqulov Xurram Ziyatovich tashabbusi bilan “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2026-yil 1-mavsumi doirasida Oltinsoy tumanining “Olmazor” mahallasi tomonidan ilgari surilgan loyiha g‘olib deb topilgan edi.

Ayni kunlarda mazkur loyiha doirasida mahalla ichki ko‘chalarini asfaltlash ishlari belgilangan reja asosida izchil olib borilmoqda. Qurilish va obodonlashtirish ishlari sifati hamda belgilangan muddatlarda bajarilishi Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Xo‘jaqulov Xurram Ziyatovich tomonidan doimiy deputatlik nazoratiga olingan.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube

Slide 1 of 5