35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari X.Suvonov hamda D.Egamqulovalar tomonidan A.Navoiy MFY hududida joylashgan "Asila" oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasiga tashrif buyurilib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Tashrif davomida muassasada bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta'lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, sanitariya-gigiyena talablari hamda tarbiyalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktabgacha ta'lim sifatini yanada oshirish, bolalarning har tomonlama kamol topishi uchun zarur sharoitlarni takomillashtirish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3