Mazkur murojaatlarni o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 11-“Guliston” saylov okrugi deputati Mamatmuratov Azamat Karamatovich joyiga chiqib, mavjud holatni o‘rgandi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, deputat tomonidan mazkur masala Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida deputatlik tashabbusi sifatida ko‘tarildi. Tashabbus sessiya kun tartibiga kiritilib, tegishli qaror qabul qilindi hamda zarur mablag‘ ajratildi.
Ajratilgan mablag‘lar hisobidan aholini sifatli toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida ichimlik suvi tarmog‘i uchun zarur quvurlar xarid qilinib, hududga yetkazib berildi.
✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube