Yig‘ilishda Ulug‘nor tuman tibbiyot birlashmasi mas’ul xodimi O. Tojiboyeva tomonidan tibbiyot birlashmasida 2026-yil II chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi. Hisobotda aholi salomatligini muhofaza qilish, birlamchi tibbiy xizmat sifatini oshirish, profilaktik tadbirlarni tashkil etish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish hamda tibbiyot muassasalarida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Komissiya a’zolari hisobotni atroflicha muhokama qilib, sohada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan o‘z taklif hamda tavsiyalarini bildirdilar.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi