Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahrir), O‘RQ-397-son, 2015-yil 29-dekabrda qabul qilingan hujjat ijrosini tumanda samarali ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va tahlil qilish maqsadida ishchi guruh tuzildi. Uning tarkibiga ekspert guruhi vakillari hamda soha mutaxassislari jalb etildi.
Yig‘ilishda veterinariya xizmatlari samaradorligini oshirish, qonun talablarining joylarda to‘liq ijrosini ta’minlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.