Yangiliklar

Ehtiyojmand oilalar xonadonlarida qurilish-ta’mirlash ishlari nazorat qilinmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tumandagi ehtiyojmand oilalar xonadonlarini energiya tejamkor qilib ta’mirlash ishlariga qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalasi kiritilgan.

Mazkur masalani o‘rganish maqsadida deputatlar va Kengash kotibiyati mas’ullari mahallalarda bo‘lib, qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan xonadonlar holatini joyiga chiqib o‘rganmoqda.

🔹 Jumladan, Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati hamda 4-saylov okrugi deputati D. To‘ychiyeva tomonidan Bahor MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Qaynarova Zamiraning xonadonida boshlangan qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, energiya tejamkorlik talablariga muvofiqligi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan nazorat olib borildi.

Slide 1 of 2