Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F. Xolmuratova 22-Dovkash saylov okrugi deputati B. Sodiqova bilan birgalikda “Turkman” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati hamda hududda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holatini o‘rganish, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash hamda mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, hamkorlik mexanizmlari va mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.