Yangiliklar

Maktablarda sanitariya sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha mablag' ajratildi

Maktablarda sanitariya sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha mablag' ajratildi

Xalq deputatlari Qamashi tuman Kengashining tegishli qaroriga asosan, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 3-23-68-78-umumta’lim maktablariga yangi hojatxonalar qurish va ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun mablag‘ ajratildi.

Mazkur mablag‘lar ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq javob beradigan infratuzilmani shakllantirish hamda o‘quvchilarning xavfsiz va qulay ta’lim olishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.