Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov, Oqoltin tumani Kengashi deputati N.Turdiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari U.Kenjayev va D.Shakarboyevlar tomonidan "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Mustaqillik mahallasi hududida joylashgan 5-sonli umumta'lim maktabida o'rganishlar olib borildi.

O'rganish jarayonida yozgi ta'til davrida o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni samarali o'tkazish, to'garaklar faoliyati hamda yaratilgan shart-sharoitlar ko'zdan kechirildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5