Yangiliklar

11-Avazmalik saylov okrugida joylashgan poliklinika binosi joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi kotibiyati mudiri L.Mamadiyorov, bosh mutaxassis S.Primov hamda tuman hokimining o‘rinbosari X.Turayev ishtirokida 11-Avazmalik saylov okrugida joylashgan poliklinika binosi joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida binoning tom qismidan suv o‘tgani, natijada bino ta’mirtalab holatga kelgani aniqlandi.

Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish hamda binoni ta’mirlash yuzasidan tuman hokimligi bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab olindi. Mazkur masala xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 4