Oʻrganishda mahalla hududida yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, ularning bilim olishi va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Xususan, mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirish maqsadida zamonaviy kichik kutubxona tashkil etilgan. Ushbu maskan yoshlar uchun nafaqat kitob mutolaa qilish, balki o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish imkonini ham yaratadi.
Kutubxonada malakali ustozlar tomonidan rus, ingliz, koreys va turk tillari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etilishi, shuningdek, IT yo‘nalishida dastlabki bilim va amaliy ko‘nikmalar berilishi rejalashtirilgan. Bu esa yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi, xorijiy tillarni o‘rganishi hamda kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.