Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Qobilov hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi guruhi vakillari ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
📍 Uchrashuv “Chorshanbe” MFYda bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari mahalla “yettiligi” vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning kundalik faoliyati va ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuvning asosiy mavzulari:
✅ Qonun targ‘iboti: O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati batafsil tushuntirildi.
✅ Xizmat odobi: Mahalla tizimida shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
✅ Nazorat: Aholi bilan ishlashda qonun ustuvorligini ta’minlash choralari muhokama qilindi.