Yangiliklar

Kotib

Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi 24-okrugi deputati Irina Matkarimova tomonidan 1-sonli sport maktabidagi open budjet loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar o‘rganildi.

Tashrif davomida sport matabining mas’ullari yaratilgan sharoitlar, mashg‘ulotlar jadvali, yoshlarni sportga yanada keng jalb etish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur va hozirgi shug‘ullanuvchilar haqida umumiy ma’lumot berishdi.

Shunindek, sport maktabi mamlakatimiz sportida muhim o‘rin tutishini, undagi imkoniyatdan to‘liq foydalangan holda professional sportda yanada ulkan yutuqlarga erishish mumkinligini aytib o‘tishdi. 

O‘rganish ishlari davomida deputat tashabbusli budjet mablag‘larning maqsadli sarflanishi, amalga oshirilayotgan ishlar sifati va ijro muddatlari ustidan deputatlik nazorati amalga oshirilshi hamda yoshlarning qulay sharoitlarda shug‘ullanishlari uchun imkoniyat yaratish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 3