Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 Aholi manfaatlari va tadbirkorlar faoliyati – deputat nazoratida

📍Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati Gulnora Qorayeva tomonidan Shodlik mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan savdo shoxobchasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 O‘rganish davomida shahobchadagi sanitariya holati, mahsulotlarning saqlanish sharoiti, narx-navoning aholi uchun maqbulligi hamda xaridorlarga yaratilgan qulayliklar yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

🔹 Shuningdek, tadbirkor bilan muloqot qilinib, uning faoliyati davomida uchrayotgan muammolar, mavjud to‘siqlar va takliflari o‘rganildi.

Aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash hamda savdo madaniyatini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2