Yangiliklar

Tuman Kengashi deputati N.Oxunova hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan majburiy ta’lim hamda qisqa muddatli guruhlar faoliyati bilan tanishib chiqdi.

Tashrif davomida ta’lim jarayonining tashkil etilishi, bolalarning bilim va tarbiya olish sharoitlari hamda guruhlar faoliyatining samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, deputat ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazib, maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash jarayonini takomillashtirish yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuvda ota-onalar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 3