Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati M.Sulaymonova tomonidan “6-Qo‘rg‘oncha” saylov okrugi hududidagi Qo‘rg‘oncha mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashuvda ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasi joyida o‘rganildi. Aniqlanishicha, mahalladagi Sharq ko‘chasi fuqarolar va transport vositalari ko‘p harakatlanadigan yo‘l hisoblanib, yomg‘irli kunlarda yo‘lning ayrim qismlarida suv to‘planishi fuqarolarning harakatida katta qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Shuningdek, yo‘l notekisligi yo‘lovchi transport vositalari harakatida bir qator muammolar keltirib chiqaradi.
Ushbu masalani hal etish maqsadida, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yilgi manzilli ro‘yxatga Sharq ko‘chasi kiritilishi masalasida deputat so‘rovi yuborildi.