Yangiliklar

Fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi

🔹O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga asosan hamda xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati A.Kulbayev mahalla raisi ishtirokida “Qoramozor” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaatlari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.

🔹Uchrashuvda deputat tomonidan mamlakatimiz olib borilayotgan islohotlar, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi, 2026-yilga belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan fuqarolarga tushuntirishlar berildi.

🔹Shuningdek, fuqarolarning ichimlik suvi ta’minoti va maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatidagi mavjud muammolar yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 2