DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Tuman Kengashi deputati G‘ulomjon Axmedov tomonidan qonunchilikka muvofiq, Oqoltin tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Umidjon Karabekov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda ko‘tarilgan masala:
Oqoltin tumani “Yangi hayot” MFYda ichki lotoklar yo‘qligi sababli yog‘ingarchilik mavsumida ko‘plab ko‘chalarda suvlar to‘planib qolishi tufayli piodalar va transport vositalari harakatlanishiga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Aholi xonodonlari va qo‘shimcha binolari suvga to‘lib, namgarchilik oqibatida talofat ko‘rmoqda. Bu o‘z navbatida aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Shu bois ushbu mahallaga jami 3,7 km lotokchalar o‘rnatish kerak.
Masalalarni mutaxassislar ishtirokida o‘rganib, ijobiy hal etish hamda 10 kun ichida yozma javob taqdim etish talab etildi.