Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi huzuridagi Ekspertlar guruhining navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishning asosiy maqsadi – hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan samarali yechimlar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.
Ekspert guruhi asosiy vazifalari quyidagilar belgilandi:
🔹qaror loyihasiga tavsiya berish;
🔹 hujjatda korrupsiyaviy omil, gender tenglik buzilishi yuzasidan tahlil olib borish
🔹 nazorat-tahlil tadbirlarini tashkil etish
🔹 jamoatchilik fikrini o‘rganish tahliliy xulosalar tayyorlash;
🔹 deputatlar bilan uchrashuvlarda ishtirok etish
Muhokamalar yakunida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirildi hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Mas’ul shaxslarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi yuzasidan nazorat o‘rnatilishi belgilandi.