Yangiliklar

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati

🔹 Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputatlari tomonidan avval olib borilgan o'rganishlari davom ettirilib, kotibiyati bosh mutaxassislari D.Mirzayeva, I.Qaxorov hamda Inson ijtimoiy xizmatlari markazi sho'ba mudiri Sh.Shoniyozovlar PQ-48-sonli qaror ijrosi yuzasidan muhim nazorat tadbirlari amalga oshirildi.

🔹 “Ta’mir talab xonadonlar” bo‘yicha shakllantirilgan jadvalning asosliligi joyiga chiqib o‘rganildi, har bir xonadon kesimida holat atroflicha tahlil qilindi.

🔹 O‘rganishlar davomida uy-joylarning haqiqiy ahvoli, mavjud muammolar va ta’mirlash zarurati aniqlanib, tegishli tartibda defekt AKTlari rasmiylashtirildi.

🔹 Mazkur jarayon ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida olib borilib, ehtiyojmand fuqarolarga ko‘mak ko‘rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3