Yangiliklar

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati

Onalarga ehtirom – yuksak qadriyat ifodasi

🔹Yurtimizda onalarga bo‘lgan hurmat va ehtirom azaldan yuksak qadriyat sifatida e’zozlanib kelinmoqda. Shu bois, turli tashkilot va muassasalarda “Onalarga ehtirom” mavzusidagi tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilib, ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish muhim ahamiyat kasb etadi.

🔹Quvasoy shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida Onalarga ehtirom” shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati D.Mexmonova, shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Ubaydullayeva, shahar Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri N.Mo‘minovalar ishtirok etdilar.

🔹Tadbirda fidokor va ibratli onalarni taqdirlash marosimi tadbirning eng ta’sirli qismi bo‘ldi.Bu kabi e’tiroflar nafaqat onalarga ruhiy ko‘mak beradi, balki yosh avlod uchun ham ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 5