Yangiliklar

Deputat sug'orish tarmoqlarida barqaror suv yetkazib berishga qaratilgan ishlarni nazorat qilmoqda

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Azamat Avazov Bog'ishamol mahallasida joylashgan Muhammad Karim shodasi FXHU hududidagi sug'orish tarmoqlarida ta'mirlash ishlarini ko'zdan kechirmoqda.

Amalga oshirilayotgan taʼmirlash ishlari natijasida suv yo'qotilishi kamayib, fermer xo‘jaliklarining yer maydonlarini barqaror suv bilan taʼminlash imkoniyati yanada oshadi.

Mazkur ta'mirlash tadbirlari lotok tarmoqlarida sug'orish mavsumida suv yetkazib berish jarayonini uzluksiz tashkil etishga qaratilgan.

Slide 1 of 2