Yangiliklar

Hudud muammolari deputat e’tiborida

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputati Mamanova Karomat Oltinko'l mahallasi hududidagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida aholi bilan bevosita muloqot olib bordi.

Fuqarolar tomonidan yo‘llar holati, kommunal xizmatlar, ichimlik suvi ta’minoti hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Aniqlangan muammolar joyida o‘rganilib, ularni bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Mazkur tashabbus hududdagi muammolarni tizimli hal etish, aholining murojaatlariga tezkor javob berish hamda ularning turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3