📝O‘rganish jarayonida ijtimoiy nafaqa va moddiy yordamlar, bepul tibbiy xizmatlar hamda boshqa belgilangan imtiyozlardan foydalanish tartibi ko‘zdan kechirildi.
♻️Deputat tomonidan mahalla aholisi, xususan nogironligi mavjud shaxslar va ularning oila a’zolari bilan suhbat o‘tkazilib, murojaat va takliflar tinglandi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, masala ijrosi nazoratga olindi.
✅Mazkur o‘rganish ishlari ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarning adolatli va to‘liq qo‘llanilishiga xizmat qiladi.