Yangiliklar

Chinoz tumani. “Tashabbusli byudjet” loyihalari ijrosi – deputatlik nazoratida

Mazkur tashabbus bevosita deputatning o‘zi tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholining dolzarb muammolariga yechim topish hamda fuqarolar faolligini oshirishga qaratilgan.

Nazorat jarayonida g‘olib loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda ishlar sifati o‘rganildi.

Deputat tomonidan loyihalarning aholi manfaatlariga to‘liq xizmat qilishi, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etilishi hamda ishlar sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur deputatlik nazorati “Tashabbusli byudjet” jarayonida ilgari surilgan tashabbuslarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi turmush sharoitini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4