Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Jumavoy Rahmonqulov tashabbusi bilan 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab, "Navbahor" mahallasida yoshlar o‘rtasida “Qalb odobligi” futbol musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi. Bellashuvlar shiddatli, murosasiz va ko‘tarinki ruhda kechdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlanib, ularga deputat tomonidan sovg‘a-salomlar topshirildi. Tadbir ishtirokchilari va tomoshabinlar musobaqadan katta taassurot oldilar.