Yangiliklar

Saylovchilar bilan uchrashuv

👥 Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashiga 5-“Mevazor” saylov okrugidan saylangan deputat Qorayeva Gulnora Abdullayevna ish rejasiga asosan “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 16-sonli umumta’lim maktabida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

✅ Uchrashuvda deputat O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrdagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi 706-II-son qonuni 7-moddasiga asosan joriy yilning III choragi davomidagi faoliyati to‘g‘risida axborot berdi.

✅ Saylovchilar tomonidan mahallaga kirish qismidagi yo‘lni ta’mirlash, mahalla hududida bolalar uchun bog‘cha qurish, mahallaning qolgan ichki yo‘llariga asphalt qoplama qoplash masalalarida murojaatlar tushdi.

✅ Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputatlar tegishli mas’ullar bilan gaplashib navbatdagi uchrashuvda axborot berishga kelishdilar.

Slide 1 of 10