Joriy yilning 21 iyul kuni O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi Oqoltin tuman Kengashi deputati Iroda Quchqarova hamda Tuman adliya bo'limi boshlig'i A.Ziyaev hamkorligida “Ko'rkam diyor” mahallasi ettiligi bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla ettiligi a'zolariga huquqiy ma'rifiy tushuntirishlar berildi. Xususan, aholi bilan to'g'ri va samarali muloqot o'rnatish, murojaatlar bilan ishlashning huquqiy asoslari, fuqarolar bilan muomala madaniyatini yanada yuksaltirish borasida aniq tavsiyalar berildi.
Yig'ilish doirasida mahalladagi ishsiz yoshlar ro'yhati ko'rib chiqilib, ularni ishga joylashtirish, kasbga yo'naltirish va bilim olishga rag'batlantirish orqali kelgusida yurtga foyda keltiradigan etuk mutahassislar sifatida tarbiyalash muhimligi ta'kidlandi.