Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining eng muhim 24 ta samaradorlik ko‘rsatkichlari yuzasidan ma’lumot almashinildi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
🏛 Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Adilova, bosh mutaxassis F.Malikova hamda tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori D.Eshonqulovalar ishtirok etdilar.
⚖️ Uchrashuv davomida hududda jinoyatchilikni oldini olish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
👩💼 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilayotgan shart-sharoitlarni joylarda samarali tashkil etish va ularning natijadorligini oshirish yuzasidan fikr almashinildi.
📌 Yakunda mazkur yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.