Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Moliyaviy qarorlar ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Kengash nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi 👥 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Oqdaryo tuman bo‘limi faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida 30-iyun kuni navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Oliy Majlis Senati tashabbusi bilan seminar tashkil etildi
янв.21
Davlat dasturi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi yuzasidan
янв.21
Deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida "Deputat kundaligi" topshirildi
янв.21
Kengash kotibiyatiga yaratilgan sharoitlar o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma sakkizinchi sessiyasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova hamda Kengashning korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi J.Sadullayevlar ishtirokida rejalashtirilgan sessiya kun tartibiga kiritilishi ko‘zda tutilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.
янв.21
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Adilova, tuman hokimiyati yuristkonsulti G‘.Abduhakimov hamda Oqdaryo tumani “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari F.Sahaddinovlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Nurobod tumanida ichimlik suvi ta’minoti o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi Yuksalish, Nurdum va Mash’al mahallalarida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Samarqand viloyat Kengashi deputati A.Muratov, tuman Kengashi raisi Z.Suyarova, tuman Kengashi deputati S.Suyarov hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashi apparati xodimi M.Usanovalar ishtirok etdi.

Deputatlar mazkur hududlarda aholini barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida yangidan qurilayotgan 2-sonli nasos stansiyasining holati bilan tanishdilar. Qurilish ishlarining borishi, loyihaning ahamiyati hamda uning aholi hayotidagi o‘rni atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunida mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda loyihani o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

✅ Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash — ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 2