2025 yilning 29 aprel kuni siyosiy partiyalar guruhlari tomonidan kiritilgan masala Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarorining 7-bandiga asosan tumanda vegetatsiya davri uchun yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini hududlar bo‘yicha tasdiqlash to‘g‘risida tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi mas’ullarining hisoboti tinglandi.
Tumanda vegetatsiya davri uchun yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida deputatlar tomonidan bildirilgan fikrlarni inobatga olinib, mazkur masala bo‘yicha doimiy komissiya qarori qabul qilindi.