Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi tomonidan joriy haftada amalga oshiriladigan muhim tadbirlar va o‘rganishlar rejasi belgilab olindi. Rejaga muvofiq, haftalik tadbirlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
⌛ 19-oktabr, dushanba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan taqdim etilgan 24 ta muhim tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida 7-Qarbulog‘ saylov okrugidan deputat Mordanova Munira Jobborovna tomonidan o‘z saylov okrugida o‘rganish ishlari olib boriladi.
⌛ 20-oktabr, seshanba: Senatning 24 ta muhim tavsiyasi ijrosi yuzasidan 13-Qorliq saylov okrugidan deputat Mengnarova Zarifa Toshpulatovna tomonidan tegishli okrugda o‘rganish tadbirlari o‘tkaziladi.
⌛ 21-oktabr, chorshanba: Ushbu tavsiyalar ijrosini ta’minlash doirasida 21-Xo‘jasoat saylov okrugidan deputat Hakimov Yusuf Muhammadiyevich o‘z saylov okrugida o‘rganish ishlarini amalga oshiradi.
⌛ 22-oktabr, payshanba: Hududlardagi o‘rganishlar davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammo va murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini chiqarish hamda ularning ijrosini qat’iy nazoratga olish rejalashtirilgan.
⌛ 23-oktabr, juma: Tasdiqlangan grafik asosida bevosita joylarga chiqish, aholi murojaatlarini atroflicha o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish tadbirlari o‘tkaziladi.
👨💼 Mas’ullar: Haftalik rejadagi barcha tadbirlar va o‘rganishlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirish Kengash Kotibiyati xodimlari M. Xujanov, A. Esanov hamda I. Roziqov tomonidan ta’minlanadi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz