📌 34-SESSIYA: KUN TARTIBIDAGI 6-MASALA
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 34-sessiyasi davomida kun tartibidagi 6-masala — “Tumanda investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan” tuman hokimining o‘rinbosari — Investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Tursunov Ulug‘bek Shavkat o‘g‘lining hisoboti eshitilmoqda.
Hisobotda tumanga investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi loyihalarni ishga tushirish hamda eksport salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berilmoqda.