Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

📌 34-SESSIYA: KUN TARTIBIDAGI 5-MASALA

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 34-sessiyasi davomida kun tartibidagi 5-masala — “Tumanda muqobil energiya manbalaridan foydalanishni joriy etish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan” tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Xomidjonov Muzaffar Orifovichning hisoboti eshitilmoqda.

Hisobotda tumanda muqobil energiya manbalaridan, xususan, quyosh energiyasidan foydalanishni kengaytirish, energiya samaradorligini oshirish hamda energiya resurslaridan oqilona foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berilmoqda.

Slide 1 of 3