Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#ekspert_guruhi #Biriktirilgan_tashkilot #ish_reja_ijrosi #doimiy_komissiya_faoliyati #korrupsiyaga_qarshi_kurash #162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA BIRLASHAYLIK
янв.21
#Deputat_so‘rovi #Aholi_murojaati
янв.21
#Kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish
янв.21
#Madad_NTT
янв.21
#24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #Murojaat_daftari
янв.21
#Deputat_va_yoshlar #Vatanparvarlik_tarbiyasi
янв.21
#deputat_vazifalaridan
янв.21
#deputat_va_hokim_o‘rinbosari #biriktirilgan_tashkilot #okrugda_o‘rganish #deputatlik_nazorati #yangi_maktab
янв.21
Tashabbusli budjet": Surxondaryoda deputatlar tashabbusi bilan 56 ta loyiha qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_va_hokim o‘rinbosari #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 2-Yangi O‘zbekiston saylov okrugi deputati O‘.Omonov saylangan Yangi obod MFU hududidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumida o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish maqsadida isitish tizimining holati va mavsumga tayyorgarligi o‘rganildi.

O‘rganish ishlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan amalga oshirilib, maktabdagi isitish tizimlarining texnik holati, ularning sozligi, xonalarni bir maromda isitish imkoniyati hamda mavsum davomida uzluksiz ishlashiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quv xonalari va boshqa binolarda issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq masalalar o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni ta’minlash, mavsumiy tayyorgarlik holatini nazorat qilish hamda deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida olib borildi.

Slide 1 of 7