Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Deputat_faoliyati #Inson_qadri_uchun #Saylovchilar_bilan_muloqot #Aholini_qollab_quvvatlash
янв.21
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Kengash_raisi #Deputat_sifatida
янв.21
#Kunlik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #24_ta_masala
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala
янв.21
⚖️ DEPUTAT YOKI SENATOR QONUNCHILIKNI BUZGANLIK HOLATIGA OID MATERIALLAR QANDAY KO‘RIB CHIQILADI?
янв.21
#Deputat_faoliyati #Paxta_yig‘im_terimi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI TASIQLANDI
янв.21
#KENGASH_VA_KOTIBIYATNING #HAFTALIK_ISH_REJALARI_BELGILAB_OLIND
янв.21
🌎XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMAN KENGASHI
#Kunlik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #24_ta_masala

Hududlarda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni belgilash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 10-“Yangiqurilish” saylov okrugidan saylangan deputat Mustafaqulov Murodilla Bohodirovich tomonidan  47-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasining isitish tizimi, ko‘mir va boshqa yoqilg‘i zaxiralari, binolarning issiqlikni saqlash holati, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining mavsumga shayligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchilik va muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumini barqaror va betalafot o‘tkazish hamda o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoitlarni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3