Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

QISH OLDIDAN 1-SONLI MAKTABDA TAYYORGARLIK JARAYONLARI NAZORATGA OLINDI

Kuz-qish mavsumining yaqinlashishi bilan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun iliq, xavfsiz va barqaror ta’lim muhitini ta’minlash muhim vazifalardan biridir. Shu maqsadda Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Z. Abduraimova tomonidan Balandchaqir mahallasidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida mavsumga tayyorgarlik jarayonlariga e’tibor qaratildi.

Maktabning kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga qay darajada tayyorligi, o‘quv xonalari va boshqa binolarda zarur sharoitlarni yaratish, isitish tizimlarining ishlash holati hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor berildi.

Shuningdek, isitish tizimlari va qurilmalarining sozligi, yoqilg‘i zaxirasi, elektr tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish, deraza va eshiklarning mavsumga tayyorligi kabi masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Maktab ma’muriyati bilan suhbat davomida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aniqlanishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni mavsum boshlangunga qadar bartaraf etish hamda o‘quvchilar uchun qulay sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4