Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari, Kotibiyat mudiri M.Urazbayev hamda "Adolat" SDP partiya ishchi guruhi a’zolari tomonidan O‘rta qal’a OFY hududida o‘rganishlar olib borildi.
O‘rganishlar davomida quyidagi asosiy masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Aholi murojaatlari: Fuqarolarni qiynayotgan dolzarb muammolar va ularning yechimlari tinglandi;
Ijtimoiy-iqtisodiy holat: Hududdagi ijtimoiy soha ob’yektlari, infratuzilma va aholi turmush sharoitlari ko‘zdan kechirildi;
Partiyaviy loyihalar: "Adolat" SDP ishchi guruhi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan maqsadli dasturlar va ularning ijrosi tahlil qilindi.
Xalq vakillari va ishchi guruhi tomonidan hududlarda aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan amaliy o‘rganishlar davom etmoqda.