Oltinsoy tumanida hududlarni “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish hamda Kengash qarorlari ijrosini ta'minlash borasida tizimli nazorat-tahlil tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 11-“Guliston” saylov okrugidan saylangan deputat Mamatmuratov Azamat Karamatovich tomonidan “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengashning 2026-yil 5-martdagi VII-16-13-8-108-K/26-sonli qarori ijrosi bo‘yicha navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish davomida quyidagilarga alohida e'tibor qaratildi:
Elektr ta'minoti sifati: Mahallada aholiga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi barqarorligini oshirish maqsadida yangi o‘rnatilayotgan transformator punktlari joyida ko‘zdan kechirildi.
Qurilish-montaj ishlari: Olib borilayotgan amaliy ishlarning borishi va texnik talablarga mosligi o‘rganildi.
Sifat va muddat nazorati: Ishlarni yuqori sifatda hamda belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan soha mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz