Deputat tashkilot bilan ishlash: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri mahallalardagi infratuzilma faoliyati bilan tanishdi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat O'.Rajabov o'ziga biriktirilgan tashkilot rahbari bilan birgalikda tuman hududidagi mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va infratuzilma faoliyatining holatini o'rgandi.
O'rganishlar davomida mahallalardagi mavjud muammolar, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda ijtimoiy soha obyektlarining ahvoli ko'zdan kechirildi.
Xususan, hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar joyida muhokama qilinib, deputat va tashkilot rahbarining hamkorligida aniq rejalashtirilgan ishlar belgilab olindi.