Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yoʻnalishi asosida hududiy oʻrganish:
Uzun tumanida infratuzilma faoliyati koʻzdan kechirildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat O'.Rajabov o'ziga biriktirilgan tashkilot rahbari bilan birgalikda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yoʻnalishi asosida tuman hududidagi mahallalarda infratuzilma faoliyati bilan tanishdi.
O'rganishlar davomida mahallalardagi mavjud muammolar, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda ijtimoiy soha obyektlarining ahvoli belgilangan ustuvor yo'nalishlar doirasida ko'zdan kechirildi. Xususan, hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar joyida muhokama qilinib, deputat va tashkilot rahbarining hamkorligida aniq rejalashtirilgan ishlar belgilab olindi.