Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva tuman hududidagi 16-Obod yurt saylov okrugida bo'lib, joylardagi ahvol, aholi muammolari hamda deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o'rgandi.Yoshlar yetakchisining ish faoliyati o‘rganildi
Xususan, xalq deputatlari tuman Kengashi
kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva tomonidan Obod yurt mahallasi yoshlar yetakchisining ish faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida yoshlar yetakchisining 24 ta eng muhim yo‘nalish bo‘yicha olib borayotgan ishlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va muammolarini o‘rganish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.