🏛 Baxmal tumanining kelgusi qiyofasi zamonaviy master-reja asosida shakllantiriladi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi A.Ergashev rahbarligida hududning fazoviy-hududiy master-rejasini ishlab chiqish jarayoni boshlandi.
Jahon banki dasturlari doirasida Janubiy Koreya va Malayziyaning yetakchi kompaniyalari ekspertlari tumanga tashrif buyurdi. Deputat A.Ergashev boshchiligida xalqaro mutaxassislar bilan birgalikda Baxmalning infratuzilmasi, transport tizimi va investitsiya salohiyati joyida o‘rganilmoqda.
Ushbu loyiha tumanning ijtimoiy-iqtisodiy va me’moriy qiyofasini tubdan yangilashga xizmat qiladi.