🏛 Baxmal tumanida yer resurslaridan samarali foydalanish va kadastr ishlari muhokama qilindi
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishida Davlat kadastrlari palatasi tuman bo‘limining hisoboti eshitildi.
Unda tumandagi minglab ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish, fuqarolarning egalik huquqlarini e’tirof etish, tadbirkorlik uchun yerlarni auksionga chiqarish hamda noqonuniy yer egallash holatlariga barham berish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Yig‘ilish yakunida qishloq xo‘jaligi yerlaridan unumdor va oqilona foydalanish hamda kelgusidagi vazifalarni tizimli davom ettirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.