Qonun ijrosi — deputat nazoratida
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-407-sonli “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, hududda jamoat xavfsizligini mustahkamlash huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
Tuman Kengashi deputati X. Saidova Novqa mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish,fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar bilan tanishdi.
O‘rganish jarayonida mahallada aholi osoyishtaligini ta’minlash, profilaktik tadbirlarni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholi murojaatlarini o‘rganish, qonun ijrosini ta’minlash, osoyishtalikni mustahkamlashga hissa qo‘shishdir.